Saraton haqida batafsil ma'lumot

Муаллиф: ЎЗБЕКИСТОН ТАБОБАТ АКАДЕМИЯСИ АЪЗОСИ ШИФОКОР ВА ТАБИБ БЕҲЗОД БОТИРОВИЧ ЭГАМОВ 10.09.2019 20:20
Saraton haqida batafsil ma'lumot
Saraton - RAK
Komputer tomografiyasida ko'ringan xavfli mezotelioma o'smasi.
Saraton (boshqa nomlari: kanser (lot. cancer - "qisqichbaqa"), rak (rus.)) - epiteliy toqimasidan rivojlanadigan xavfli osma. Epiteliy hujayrasi bor barcha azolar-teri, shilliq qavatlar, qizilongach, opka, medaichak yoli, siydik-tanosil azolari, shuningdek, miya va h.k.da paydo boladi Saraton hujayralari juda tez bolinadi va rivojlanadi hamda atrofdagi soglom hujayralarni yemirib boradi. Boshqa xavfli osmalar kabi, saraton ham, odatda, ozi ornashgan joydagi toqimani yemirishi, retsidiv, metastaz berishi va organizmning umumiy holatiga tasir korsatishi, kaxeksiya (qoq suyak bolib ozib ketish) bilan xavfsiz osmalardan farq qiladi Saraton alohida viruslar faoliyati, shuningdek, turli fizik, kimyoviy va biologik omillar, kanserogen moddalarning odam organizmiga tasiri hamda organizmning ozida sodir boladigan endogen (ichki) kanserogen moddalar, radioaktiv nurlar tasirida vujudga kelishi mumkin.

Saraton tosatdan paydo bolmaydi, ko'pincha rak nishonasi deb atalib, surunkali kechadigan patologik uzgarishlardan so'ng rivojlanadi, shuningdek, teri, me'da, bachadon bo'ynidagi uzoq vaqt bitmaydigan yaralar, poliplar, sut bezlari fibroadenomatozi va h.k. oqibatida ham paydo bo'ladi. Ammo shu kasalliklardan keyin, albatta, saraton rivojlanadi deb bo'lmaydi, chunki saratonka sabab bo'ladigan kasalliklar o'z vaqtida uzilkesil davolansa, uning oldini olish mumkinSaratonning harakterli xususiyatlaridan biri shuki, to'qimada o'sma hosil bo'lib rivojlangandan keyingina kasallik belgilari yuzaga chiqadi va o'sma o'sayotgan a'zo funksiyasi keskin buziladi.
Erkaklarda kop'roq me'da, bronxlar, teri, pastki lab, og'iz bo'shlig'i, halkum, o'pka (xususan, kashandalarda), tanosil azolari saratoni uchraydi; ayollarda esa bachadon, ovqat hazm qilish azolari, sut bezlari va teri saratoni kuzatiladi.
Saraton boshlanayotganda, u tananing qaysi qismida rivojlanishidan qat'i nazar, qattiq og'riq bermaydi. Shu sababli, bemor vrachga ko'pincha kech murojaat qiladi, natijada kasallik ancha ulg'ayib ketadi Saratonni davolash imkoni boricha erta boshlansa, yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Pastki lab saratoni ko'pincha pastki lab kizil xrshiyasi ustida uzok, vaqt bitmaydigan yara va kon sizib turadigan yoriqchalar, oq dog'lar (leykoplakiya) bo'lishi natijasida vujudga keladi Saratonning oldini olish uchun pastki lab va og'iz bo'shlig'i kasalliklarida albatta chekishni tashlash lozim.

Qizilo'ngach saratoni ("qiltomoq" kasalligi) aksariyat saraton oldi kasalliklari okibatida kelib chiqadi. Qizilo'ngach saratonida bemor dastlab quyuq, keyinchalik suyuq ovqatlarni ham yuta olmay qoladi. Ko'pincha to'sh orqasida, ba'zan ko'krak pastila va qorin sohasida og'riq sezadi. Ovqat yutganda salgina qiyinchilik sezilsa, darhol vrachga murojaat qilish kerak.
Me'da saratoni ko'p uchraydigan va aksariyat surunkali me'da yarasi, polipi, shuningdek, surunkali gastritning ba'zi shakllari okibatida kelib chiqadi. Me'da raki bilan ayollarga nisbatan erkaklar ko'proq og'riydi; odatda, 40 - 60 yoshli kishilar o'rtasida ko'p uchraydi. Kasallik boshda sezilmaydi, bemorning darmoni quriydi, mehnat qobiliyati susayadi, ozib keta boshlaydi, rangi siniqadi; keyinchalik ishtaha yo'qolishi, kongil aynishi, jigildon qaynashi, hiqichoq tutishi, kekirish, bazan qusish alomatlari, shuningdek, medada qattiq og'riq paydo bo'ladi. Bunday alomatlar ro'y berganda darhol vrachga murojaat qilish zarur.
To'g'ri ichak saratoni ko'proq ichakdagi polipdan paydo bo'ladi. Bunda soxta hojat qistashi, shilliq yoki qon aralash ich kelishi kuzatiladi, kasallik avj olgandan so'ng ichakdan qon oqadi. Qon ketishi ko'pincha bavosirda ham ro'y beradi, shuning uchun qon ketishi sababini faqat vrach aniqlashi mumkin.

O'pka saratoni o'pkaning surunkali kasalliklari (o'pka sili, zotiljam, bronx poliplari, pnevmokonioz) bilan tez-tez og'rib turish va h.k. oqibatida vujudga kelishi mumkin. O'pka saratoni ko'proq kashandalarda uchraydi; ko'krakda og'riq (ayniqsa, yo'talganda zo'rayadi), bazan qon tuflash kuzatiladi. Kasallikka xos alomatlar paydo bolganda darhol vrachga murojaat qilish lozim.

Sut bezlari saratoni koproq sut bezlarida hosil boladigan qattiq, ogriqsiz tugunchalar, saraton oldi o'smasi (xavfsiz o'sma), fibroadenomatozlarni o'z vaqtida davolamaslik natijasida rivojlanadi. Sut bezlarida arzimagan tuguncha borligi sezilsa, darhol vrachga murojaat qilish kerak.

Ayollarda kop uchraydigan bachadon saratoni bachadondagi surunkali kasalliklar - eroziya, polip va oq dog'lardan paydo bo'ladi. Tug'ruq va abortda bachadonning jarohatlanishi, uni o'z vaqtida davolatmaslik ham bachadon saratoniga sabab bo'ladi. Kasallik hech qanday belgisiz kechadi, keyinchalik avj olganidan so'ng bemorda oqchil ko'payib, hayz sikli buziladi, qon ketadi va, nihoyat, og'riq paydo bo'ladi. Shuning uchun har bir ayol jinsiy hayot kechira boshlagan kundan boshlab kamida bir yilda 2 marta (klimakteriya davrida 4 marta) ginekolog ko'rigidan o'tib turishi shart.

Teri saratoni, odatda, keksalarda (50 - 70 yoshli erkak va ayollarda) kuzatilib, ko'pincha yuzda (burun qanotlari, qovoq, burunlab burmalari, og'iz burchaklarida), ba'zan terining kuygan, jarohatlangan joyida, shuningdek, ayrim tug'ma va turli jarohatlar o'rnida paydo bo'ladi.

Saraton va b. xavfli o'smalar, asosan, operatsiya qilinadi, radioaktiv moddalar va rentgen nurlari, saraton ka qarshi maxsus kimyoviy preparatlar, gormonlar, biopreparatlar qo'llanadi. Kasallikning oldini olish uchun organizmga zararli ta'sir etadigan kanserogen moddalarni yo'qotish, shuningdek, saraton oldi kasalliklarini o'z vaqtida aniqlash va davolash, aholini ommaviy profilaktik ko'rikdan o'tkazib turish, bazan dispanserizatsiya qilish lozim.
=================
Rak, saraton kasalligi o'limdan darak emas!

Har yili Amerikada rak, ya'ni saraton kasalligi qariyb bir million insonni hayotdan olib ketadi. O'tgan bir yil ichida bir yarim million amerikalik bu xastalikka uchragan.
Zamonaviy usullar yordamida rakning ayrim turlarini davolash, odam umrini biroz uzaytirish mumkin. Rak alomatlari oâz vaqtida aniqlansa bas. Rakka qarshi bugun choralar ko'p. Davolashning yangi usullari mavjud. "O'tgan 20 yil ichida millionlab insonlarning hayoti asrab qolindi",- deydi shifokor Syuzan Gapstur. "Rak sabab o'lim hollari erkaklar orasida 21 foiz, ayollar orasida 12 foizga pasaygan. Bu katta yutuq",- deydi u. Erkaklar orasida o'pka saratonidan jon berayotganlar soni 40 foizga kamaygan. Amerika Rak Uyushmasi tahlilicha, chekishni tashlash, tamaki iste'moliga qarshi choralar va jamoatchilik orasida olib borilgan targ'ibot ishlari samara bergan. Rak vaqtida aniqlanishi ham juda muhim.

"Masalan bachadon rakining oldini olishning eng ma'qul yo'li bugun ayollarni muntazam tibbiy ko'rikdan o'tkazib turish". Saratonga chalinayotganlarning 75 foizi 55 yoshdan oshgan insonlar. "Amerika aholisi tezlikda ko'paymoqda. Keksa yoshdagilar soni ham kelasi yillarda ancha oshadi. Bu degani rak ko'lami kengayishi mumkin. Uning oldini olish uchun yangidan yangi usullar o'ylab topishimizga to'g'ri keladi",- deydi doktor Gapstur. AQShda, deydi mutaxassislar, har ikki erkakdan biri, har uch ayoldan birining rakka chalinish ehtimoli baland. Ichak raki bilan olishayotgan keksa bemorlar ko'p hollarda kimyoviy terapiyaga yo'q deydi. Salbiy oqibatlari bor deb qo'rqishadi. Lekin shifokorlarning aytishicha, aslida yoshi ulug' insonlar bu muolajaga yaxshiroq bardosh beradi.

O'pka raki bemorlari orasida ham shunga guvoh bo'lasiz, deydi Katerina Deanjelis, tibbiyotchi olima. Operatsiya qilib bo'lmaydigan hollarda radiatsiya usuli qo'llanadi. "Bu metoddan umid katta. Amaliy tajribalar natijasiga qarasangiz, radiatsiya rakka qarshi kuchli vosita ekanini ko'rasiz",- deydi u. Rakka uchragan bemor umidni boy bermasligi, muolajadan qo'rqmasligi kerak, deydi shifokorlar. Bugun 11 million amerikalik shu bois tirik. Rak beshafqat bir kasallik. Uning changalidan qutulish mashaqqatli jarayon, lekin chiqsa bo'ladi. "Murakkab jihatlaridan biri shuki, rak har bir bemorda turlicha ko'rinishda. Hamma uchun bir usulni qo'llay olmaymiz. Bemorlar individual e'tibor-yondashuv talab qiladi. Buni also unutmasligimiz kerak",- deydi doktor Deanjelis. Ilmiy izlanishlar, rakning oldini olish, kasallik aniqlangan holda qanday choralar ko'rish - o'ta jiddiy masala, deydi mutaxassislar. Rak o'limdan darak emas.